Tarmoqlarda “zapravka”lar uchun kunlik gaz limiti kiritilayotgani haqida xabar tarqaldi. Energetika vazirligi shartnomalarda “soatlik, kunlik, oylik va yillik” hajm belgilanishi mumkinligi ko‘rsatilganini bildirdi. Iste’molchilar qo‘shimcha gaz so‘rab murojaat qilishi mumkin, deydi vazirlik.
Tarmoqlarda metan “zapravka”larning yopiqligi, ochiqlarida uzun navbatlar yuzaga kelayotgani va gaz narxi ko‘tarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi respublika bo‘yicha “zapravka”larga tabiiy gaz talabga asosan yetkazib berilayotgani va uning narxi oshmaganini ma’lum qildi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Umid Mamadaminov O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.
Dang‘ara tumanida ohak sexi 1 mlrd 54 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Fuqaro 18 ta nostandart gaz yondirgichlarini yer osti gaz quvuriga ulab olgan.
Prezident issiqxonachilar anomal sovuqdan eng ko‘p zarar ko‘rganlar qatorida bo‘lganini aytib, Energetika vazirligi hamda hokimliklarga uch tomonlama shartnoma asosida ularni gaz va ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash topshirig‘ini berdi. Ayrim issiqxonalarga imtiyozli kredit va subsidiyalar ham ajratiladi.
O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksidagi “og‘ir vaziyat” tufayli deyarli barcha hududlarda kunning ma’lum vaqtlarida elektr energiyasini uzishga to‘g‘ri kelmoqda, deyab xabar qildi Energetika vazirligi. Cheklovlar ta’mirlash ishlari, yirik avariyalarning oldini olish va boshqa omillar bilan izohlandi.
Baxram Mansurov “O‘zatom” agentligi direktori, Ilxom Nimatullayev esa “O‘zneftgazinspeksiya” rahbari etib tayinlandi.
26-iyul kuni elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha rekord o‘rnatildi — 250,7 mln kVt/soat. Energetika vazirligi issiq havoda elektr tarmoqlarining uzatish quvvati 25 foizga pasayganini bildirib, vaziyatni to‘g‘ri tushunishni so‘radi va elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishga chaqirdi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi “Gazprom” bilan gaz kelishuvi tafsilotlarini e’lon qildi. Hujjat ikki yilga tuzilgan, yetkazib berish hajmi kuniga 9 million kub metrni, yillik hajm deyarli 2,8 milliard kub metrni tashkil etadi. Avvalroq “Kommersant” hajm bundan ikki baravar ko‘proq bo‘lishi haqida yozgandi.
Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyevning aytishicha, 2024-yilgi kuz-qish mavsumida mamlakat infratuzilmasi Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilish uchun tayyor bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va “Gazprom” o‘rtasida gaz hajmi hamda narxi bo‘yicha muzokaralar hamon davom etmoqda.
O‘zbekistonda fuqarolar 1-sentabrdan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalari buzilgan holatlarni foto va videotasvirga olib, Energetika vazirligining maxsus axborot tizimiga yuborishi mumkin. Agar qoidabuzarlik tasdiqlansa, bu haqda xabar berganlarga pul mukofoti beriladi.
Energetika vazirligi “Markaziy Osiyo — Xitoy” gaz quvurining O‘zbekistondagi uchastkasida gaz sizib chiqqani haqidagi xabarni rad etdi. Avvalroq OAV Turkmaniston gazida oltingugurt borligi sababli quvurlar teshilgani va gaz sizib chiqqanini yozgan edi.
2023-yil sentabrigacha O‘zbekistonda energetikani rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur taqdim etiladi. Unda gaz va elektr energiyasi narxlarini liberallashtirish hamda ijtimoiy iste’mol normalarini joriy etish nazarda tutiladi, deya ma’lum qildi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjayev.
Energetika vazirligi quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha tanlov natijasi bekor qilinganini bildirdi. Qariyb 2 trln so‘mlik tanlovning barcha — 6 ta lotida ikkita kompaniya g‘olib chiqqan. Tanlov noto‘g‘ri tashkil etilgani uchun energetika vaziri ichki tekshiruv e’lon qildi.
Energetika vazirligi UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benziniga berilgan chegirmalar 1-maydan boshlab to‘xtatilishi to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida har birining quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Xitoy kopmaniyasi bilan bitimlar imzolandi.
Qashqadaryoda 15 ta gaz taqsimlash punkti va stansiyasi salkam 23 mlrd so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ular gazni qabul qilish va yetkazishda hukumat qarori talablariga rioya etmagan.
Qiziltepa tumanidagi “Xo‘ja-Hasan” gaz taqsimlash stansiyasi elektron gaz hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib kelgani aniqlandi. Buning oqibatida davlat manfaatlariga 14,1 mlrd so‘m zarar yetgan.
Toshkentdagi 4 ta gaz “zapravka” va Farg‘onadagi bitta ohak sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatida davlatga jami 25 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.
Fevral oyida 23,2 mlrd so‘mlik yoki 258 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi elektrdan noqonuniy foydalanildi. Yanvarda ko‘rsatkich 5,6 mlrd so‘m yoki 33 mingdan ortiq xonadon iste’molini tashkil etgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting